In the Treatment of Intestinal Invagination in Dogs the Importance of Using Surgical Methods
Keywords:
anamnez, invaginatsiya, spastik, paralitik, mexanik, meteorizm, zaharlanishAbstract
Xizmat va uy itlari orasida keng tarqalgan patologiyalardan biri itlarning hazm qilish organlari kasalliklari bo‘lib, kasallik oqibatida itlar salomatligining yomonlashuvi, ish qobiliyatining pasayishi va ayrim xolatlarda ularning o‘limi bilan yakunlanadi. Ayniqsa yosh itlarda turli sabablar natijasida paydo bo‘ladigan diareya va ich ketishi oqibatida og‘ir talofatlar kelib chiqadi. Shunday kasalliklardan biri itlarda ichaklarning invaginatsiyasidir.
Tibbiyot hamda veterinariya jarrohligi amaliyotida ichaklar invaginasiyasi diagnostikasi qiyin patologiyalardan biri boʻlib, jarrohlar uchun dolzarb muammo hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga koʻra ichaklar invaginasiyasi hayvonlar yuqumsiz kasalliklarining 8-12 % ni tashkil qiladi, shundan 2 % ingichka ichaklar invaginasiyasi, 3 % ingichka va yoʻgʻon ichaklar va 3,12 % yoʻgʻon ichaklar invaginasiyasi tashkil qiladi.